SARSOʻZAN (fors. — bosh va igna) — zargarlik buyumi; ayollarning bosh kiyimiga taqiladigan toʻgʻnogʻich. Boshga yopiladigan roʻmolyopinchiqni ayolning bosh kiyimi (ikki chakka)ga Sarsoʻzan yordamida mustahkamlangan. Sarsoʻzan turli shakldagi asosiy va shokila qismdan tuzilgan. Qadimda suyakdan yasalgan, keyinchalik bronza toʻgʻnogʻichlar bilan almashingan. 19-a. ga kelib Sarsoʻzan shabaka usulida sharcha (feruza koʻzlar qadalgani «anor» S.) hamda qushcha shaklida ishlangan yoki shokilalari qushcha bilan yakunlangan. Baʼzi joylarda sanchoq ham deb atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые