SARROF (arab. — pul almashtiruvchi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shaxdr koʻchalari va rastalarida oʻtirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib foyda koʻruvchi shaxs. S. lar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va b. ni anikdash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini maʼlum muddatgacha sakdab berish kabi ishlar b-n shugʻullanib, bank, omonat kassalari, garovxonalar vazifalarini bajarishgan. Sarroflar sudxoʻrlik ishi bilan ham shugʻullangan. Sarroflar xizmatlari evaziga kishilardan maʼlum mikdorda haq olgan. Ilgari har bir shaharda Sarroflar faoliyat yuritgan. Maye: Buxoroda Sarrof larning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toki Sarrofon mavjud edi. Hoz. davrda Sharq mamlakatlarida Sarrof bank egasi hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые