SAROYCHIQ — Oltin Oʻrda shaharlaridan biri. Guryev sh. dan 60 km masofada, Ural daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan (13-a. ning 2-yarmi). Shaharning nomi qoʻlyozma manbalar hamda 14-a. da shu yerda zarb qilingan tangalar orqali yaxshi maʼlum. Saroychiq 1395-y. Amir Temur va Toʻxtamish oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushdan zarar koʻrgan. Shahar aholisi Volga daryosi boʻyidagi koʻpgina shaharlar bilan savdosotiq qilgan. Saroychiq ancha muddat davomida Oltin Oʻrda va Gʻarbiy Yevropa tojirlari uchun Osiyo mamlakatlari bilan tijorat, ishlarini yuritishga oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. Saroychiq bir tomondan Oltin Oʻrda xonligini SaroyBerka b-n, 2tomondan esa Xorazm markazi Urganch bilan mustahkam bogʻlagan. Ushbu yoʻl 13—14-a. larda Sharq va Gʻarbni birlashtiruvchi bosh karvon yoʻli hisoblangan. Sdan Urganchgacha boʻlgan yoʻlning har 30 km da quduqlar qazilgan, karvon saroylar barpo etilgan. Ushbu savdosotiq yoʻli Oltin Oʻrdaning bir qancha yirik shaharlari, xususan, Urganch orqali Saroychiqqa yoʻnaltirilgan. Bu yerda yoʻl shim. va jan. tomonlarga qarab boʻlingan. Yoʻlning shim. qismi SaroyBerka (Saroy aljadid), jan. qismi esa Hojitarxon orqali Mojar hamda Azov bilan bogʻlangan. Manbalarning dalolat berishicha, 1580-y. Yoyiq kazaklari hujumi paytida butunlay vayron qilingan.
Ad.: Yegorov V. L., Istoricheskaya geografiya Zolotoy Ordы v XIII—XVI vv., M., 1983.