SARMATLAR

SARMATLAR — qad. koʻchmanchi chorvador qabilalar birlashmasi. Sarmatlar mil. av. 1ming yillikning 2-yarmi — mil. 1ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning shim. dan to Dunaygacha boʻlgan keng dasht hududlarini egallagan. Sarmatlar ilk marta Gerodot tomonidan eslatilgan savromatlar bilan bogʻliq boʻlib, ular avval Jan. Uraloldi va Shim. Kaspiy boʻyida yashashgan. Sarmatlar tarkibiga koʻplab qabilalar (aorslar, alanlar, savromatlar, roksolanlar, yaziglar va b.) kirgan. Diodorning maʼlumotlariga koʻra, mil. av. 2-a. da S. Skifiyata bostirib kirib Shim. Qora dengiz boʻyida oʻz hukmronliklarini oʻrnatgan. Qad. davr geograflari Yevropani Sarmatiya va Germaniyaga boʻlib, Visla va Karpat boʻylab ularning chegaralarini belgilaydilar. Shim. Qora dengiz boʻyidagi Bospor podsholigi ham S zarbalaridan qulaydi. Zakavkazyedagi davlatlar va Rim bilan urushlar olib borgan. Mil. 4-a. da gunnlar tomonidan tormor keltirilgan. Sarmatlar keyinchalik slavyanlar, Shim. Kavkaz xalqlari va aksariyati turkiy tillarda soʻzlashuvchi qabilalar bilan aralashib ketgan. Soʻnggi yillarda Quyi Volgaboʻyi, Don va Kubandan Sarmatlarga oid koʻplab mozorqoʻrgʻonlar ochilib, ulardan noyob sanʼat buyumlari topilgan. Mas, «Novocherkassk xazinasi» deb nomlangan mozorqoʻrgʻonda sarmat malikasi dafn etilgan boʻlib, undagi oltin buyumlar skif mozorqoʻrgʻonlaridan chiqqan noyob durdonalardan qolishmaydi.

Ad.: Rtveladze E., Velikiy shyolkovыy put, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x