SARKOMA

SARKOMA (yun. sarkos — et va oma — oʻsma maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha) — asosan, biriktiruvchi toʻqimadan (yumshoq toʻqimalar va suyak sarkomalari), baʼzan suyak koʻmigidan (retikulosarkoma) paydo boʻladigan xavfli oʻsma.

Sababchi omillari va rivojlanish molekulyar mexanizmi rakka oʻxshash (q. Rak). S. ning bir necha turi ajratiladi. Sarkoma rakdan kam uchrashi (hamma xavfli oʻsmalarning 3% idan kam), asosan, yosh kishilar yumshoq toʻqimalari va suyaklarining zararlanishi, atrof toʻqimalarning yemirilishi, oʻzidan uzoqrokdagi aʼzolarga tez metastaz berishi, kuchli ogʻriqlar (koʻproq kechalari) va davolash natijalarining kam naf berishi bilan farq qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x