SARJA (lot. sericus — shoyi) — 1) tabiiy yoki kimyoviy tolalardan sarja (shoyisimon) oʻrilishda toʻqiladigan gazlama. Sidirgʻa boʻyalib yoki gul bosib ishlab chiqariladi. Ayollar kuylagi tikish uchun, astarlik, texnik gazlama va b. sifatida ishlatiladi;
2) sarja urilishning qisqacha nomi (q. Oʻrilish.)