SARIYOGʻ — asosan, sigir suti qaymogʻidan olinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Biologik xususiyati, taʼmi va sifati jihatidan boshqa yogʻlardan ustun turadi, inson organizmida yengil (95% gacha) hazm boʻladi. Tarkibida sut yogʻi kamida 72—82,5% (eritilgan Sariyogʻda 98—99%) ni tashkil etadi, yogʻ kislotalari majmui, fosfatidlar va yogʻda eriydigan vitaminlar, sutda boʻlgan oqsil, uglevodlar, ayrim suvda eriydigan vitaminlar, mineral moddalar va suv bor. 18—23° da qotadi, 27—36° da eriydi. Sariyogʻ eritilmagan va eritilgan xillarga boʻlinadi. Ilgari Sariyogʻ kuvda pishib olingan. Sanoatda eritilmagan S, asosan, 2 usulda: 30—45% li qaymoqni quvlab va seryogʻ qaymoqni qayta ishlab tayyorlanadi. Kuvlab olinadigan Sariyogʻ qaymogʻi 85—90° da pasterlanadi (q. Pasterizatsiya), soʻngra 4 — 8° gacha tez sovitiladi. Natijada sut yogʻi diametri 1—3 mm li donalarga ajraladi, ulardan yogʻsiz qismi ajratilgach, tayyor Sariyogʻ presslanadi. S ye r yo gʻ (80% gacha) qaymoqdan Sariyogʻ ishlab chiqarishda pasterlangan qaymoq bosim ostida moy ajratkichga uzatiladi, unda jadal aralashtirib turiladi va 12 — 14° gacha tez sovitiladi. Pasterlangan qaymoqqa qand, kakao va vanilin kabi xushboʻy moddalar (shokoladli S), tabiiy meva sharbati va shakar (mevali S), asal (asalli Sariyogʻ) qoʻshib, aralashmali Sariyogʻ tayyorlanadi. Eritilgan Sariyogʻning tuzeiz, tuzli va b. xillari bor. Eritilmagan Sariyogʻni eritib va qoʻshimcha aralashmalardan tozalab, eritilgan Sariyogʻ olinadi. Eritilgan Sariyogʻ buzilmaydi. Sariyogʻ yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 g S. ning kaloriyasi oʻrtacha 770 kkal yoki 3,06 Mj ga teng.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии