SARIQOʻRGʻON TOʻGʻONI

SARIQOʻRGʻON TOʻGʻONISoʻx daryosidagi gidrotexnik inshoot. Uz. 850 m, bal. 6,3 m, eni 5 m. Toʻgʻon 6 darvozadan iborat; darvozalarning umumiy uz. 38 m. Toʻgʻonga 106° burchak ostida oʻng qirgʻoqqa 3 ta, chap qirgʻoqqa 2 ta darvozali rostlagichlar oʻrnatilgan. Oʻng qirgʻoqdagi rostlagichdan oʻng kanalga sekundiga 60 m3, chap qirgʻoqdagi rostlagichdan chap kanalga sekundiga 38 m3 suv chiqaradi. Toʻgʻon qurilishi 1948-y. da tugallangan. St. qum, oqiziq va choʻkindilarni kanalga chiqarmaydigan qilib ishlangan. Tabiiy aylanma, sirkulyatsiya natijasida katta fraksiyadagi choʻkindi va oqiziqlar toʻgʻonning pastki qismiga oʻtib ketadi. St. Fargʻona vodiysidagi 170 ming ga yerni suv bilan taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x