SARIQOʻL TIZMASI

SARIQOʻL TIZMASI — Sharqiy Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyati va Xitoy chegaralari boʻylab choʻzilgan. Tizma shim. da Markansuv daryosidan boshlanib, jan. da Beik dovonigacha (bal. 4762 m) davom etadi. Uz. 350 km. St. Tarim va Panj (Amudaryo) daryolari havzasini bir biridan ajratib turadi. St., asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi 6351 m (Lavirdir togʻi). Tizmada Amudaryo va Tarim vodiylarini bogʻlaydigan bir qancha dovonlar (Uchbel, Oʻzbel, Budabel, Aramit, Qulma, Tuzakchi va b.) bor.

Relyefi murakkab. Suvayirgʻich kismi, yon bagʻirlarida eroziya, denudatsiya jarayonlari va muzliklar taʼsiri natijasida vujudga kelgan relyef shakllari mavjud. Asosan, kristalli slanes va granitoidlardan tuzilgan. Shim. qismida muzliklar bor. Tizmaning yon bagʻirlarida baland togʻ choʻli oʻsimliklari oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x