SARIQDENGIZ

SARIQDENGIZ, Xuanxay Tinch okeanning yarim berk dengizi, Osiyoning sharqiy qirgʻoqlari yonida, Koreya ya. o. ning gʻarbida. Mayd. 416 ming km2. Eng chuqur joyi 106 m. Yirik qoʻltiqlari: Boxayvan, Lyaodun, Gʻarbiy Koreya. Sariqdengizga Xuanxe, Xayxe, Lyaoxe, Yaluszyan daryolari quyiladi. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim, Kishda sovuq va quruq shamollar esadi. Dengizning shim. gʻarbiy qismi noyab. dan martgacha muzlaydi. Suvining t-rasi fev. da shim. gʻarbida 0° dan past, jan. da 6— 8°, avg. da shim. da 24° dan 28° gacha. Suvining shoʻrligi 26 — 34°/00. Suv koʻtarilishi yarim sutkali (3—4 m dan 9 m gacha). Sariqdengizda ilonbaliq, treska, seld va b. yashaydi. Dengizning baliq ovlash va transport axamiyati katta. Yirik portlari: Xitoyda — Sindao, Inkou, Lyuyshun, Dalyan, Koreyada — Inchxon.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x