SARIQ UYGʻUR TILI

SARIQ UYGʻUR TILI — sharqiy turkiy tillardan biri; asosan, XXRning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni taxm. 4—5 ming kishidan iborat. Aniq dialektal boʻlinishga ega emas; togʻlik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida ayrim tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uygʻur tili leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, moʻgʻul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uygʻur tilining oʻtmishda qad. uygʻur tiliga yaqin boʻlganligi haqida taxminlar bor. Sariq uygʻurlar 18-a. oxirlarigacha qad. uygʻur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining taʼsirida qad. uygʻur yozuvi unutilgan boʻlsa kerak. Sariq uygʻur tili oddiy soʻzlashuv tili boʻlib qolmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x