SARIQ ILON

SARIQ ILON (Ophisaurus apodus) urchuqsimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uz. 1,2 m (oilada eng yirik tur). Tangachalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Jan. Yevropa va Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Rangi qoʻngʻir, sargʻish yoki qizgʻish, yaltiroq. Asosan, quruq joylar, koʻpincha jarliklar, oʻrmonlar va bogʻlarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mollyuskalar), baʼzan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) 6n oziklanib, q. x. ga katta foyda keltiradi. Iyuniyul oylarida 8—10 ta tuxum qoʻyadi va tuxumlarini qoʻriqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x