SARIQ CHOY

SARIQ CHOY (Agrimonia asiatica Tuz.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi 50—130 sm; sershox. Barglari patsimon, murakkab, tuxumsimon yaproqchadan (7—9 ta) tuzilgan. Gullari toʻq sariq, mayda, 2 jinsli, uzun bandli; toʻpguli boshoqsimon. Gultoji gulkosachasi 5 tadan. Mevasi ilmoqli, tuklar bilan qoplangan. Oʻzbekistonning deyarli hamma sugʻoriladigan yerlarida, ekinlar orasida, yoʻl yoqalarida, bogʻlarda va togʻli hududlardagi oʻrmonlarda keng tarqalgan. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x