SARIOSIYO — Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Sariosiyo tumani maʼmuriy markazi. Yaqin t. y. stansiyasi Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Toʻpolondaryodan suv oladi. Shaharcha yonida Toʻpolon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi «cap—bosh va osiyo — tegirmon, yaʼni «tegirmon boshi» maʼnosini anglatadi. Sariosiyoda sanoat, transport, aloqa korxonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Parrandachilik korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, kollej, maxsus internatmaktab, madaniyat uylari, stadion, kasalxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi.