“Sariko‘l” mahallasi


Post Views:
44

«SARIKO‘L» MAHALLASI (Fidoyilar ko‘chasi, 26) – Mirobod tumanidagi mahalla. Fitrat, «Qorasuv», «Oltinko‘l» mahallalari bilan chegaradosh. 1930-yillarda mahalla o‘rnida Chirchiq daryosi oqib o‘tgan, keyinchalik daryo o‘rnida ko‘l paydo bo‘lgan, uning suvi loyqa sariq rangda bo‘lganligi uchun «Sariqko‘l» deb atashgan. Vaqt o‘tishi bilan ko‘l qurib, o‘rniga daraxtlar ekilgan, atrofida mahalla vujudga kelgan, unga hozirgi nomi berilgan. Aholisi 5 mingdan ortiq, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, 15 dan ortiq millat vakillari yashaydi.

Mahalla hududida 5 ta ko‘cha, «Al-Badr» jome masjidi, «Yopiqota» (Yopug‘liqota) qabristoni, temir yo‘lga qarashli 2-bolalar shifoxonasi va poliklinikasi mavjud.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/sariko-l-mahallasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x