SARIJAZ — Markaziy Tyanыlandagi togʻ tizmasi (asosiy qismi Qirgʻizistonning sharqiy chekkasida). Shim. da Sarijaz, jan. da Inilchiq daryolari oraligʻida joylashgan. Uz. 110 km ga yaqin. Eng baland joyi gʻarbida — 4799 m. Markaziy qismidagi dovon (bal. 4001 m) har ikki dare vodiysini bogʻlaydi. Jan. yon bagʻri dare vodiysidan tik koʻtarilgan, shim. yon bagʻri esa nishabroq, Sarijaz daryosining koʻplab chap irmoqlari bilan kesilgan. Tizmada muzliktaʼsiri natijasida hosil boʻlgan relyef shakli koʻp. Tizma tektonik jihatdan antiklinal struktura boʻlib, slanes, marmarlashgan ohaktosh, otqindi granit va b. togʻ jinslaridan tuzilgan. Tizmaning shim. yon bagʻrida Semyonov va Mushketov muzliklari, jan. yon bagʻrida Shim. Inilchiq muzligi joylashgan. Yon bagʻirlarida baland tog oʻtloklari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые