SARICHELAK

SARICHELAKChatqol tizmasining jan. yon bagʻridagi chuchuk suvli koʻl, Qirgʻizistonda. Arkit daryosi boshlanish qismida, dengiz sathidan 1925 m balandlikda togʻ qulab, daraning toʻsilib qolishi natijasida 10 ming yil oddin hosil boʻlgan. Uz. 7,5 km, eng keng joyi 2280 m, mayd. 4,9 km2. Eng chuqur joyi 244 m. Qirgʻoqlari aksari tik, baʼzi joylarida qoʻltiq va buxtalar bor. Qirgʻoq chizigining uz. 21 km. Sarichelakga Sarichelak daryosi quyilib, Toshkoʻl daryosi oqib chiqadi. May oyida suvi koʻpayadi. Dek. dan aprelgacha muzlaydi. Suvining t-rasi avg. da 19,8°, fev. da 0° atrofida. Koʻlda sazan, karp, sarichelak marinkasi, suvilon bor. Sarichelak Sarichelak qoʻriqxonasi tarkibida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x