SARHANG

SARHANG (fors. — qoʻshin boshligʻi) — 1) Xorazmshohlar davlatida 500 otliq askardan tashkil topgan harbiy guruh qoʻmondoni. Sarhang saltanat oldidagi buyuk xizmatlari evaziga malik darajasiga koʻtarilishi hamda muayyan viloyatga hokimlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan;

2) Xiva xonligitsa qalʼalar atrofiga dushman otliqlari yoʻlini toʻsish maqsadida yogʻoch qoziklar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruvchilarga rahbarlik qiluvchi shaxs S deb atalgan;

3) Usmonli turk imperiyasitsa Sarhang oʻz mavqeiga koʻra boʻlukboshidan yuqori lavozim hisoblangan.

Mumtoz fors-tojik va oʻzbek tili tarixiy-badiiy obidalarida Sarhang umuman «lashkarboshi, sarkarda, boshliq» maʼnolarini anglatgan. Xususan, soqchilar boshligʻi sarhangi devon, darvozabonlar rahbari sarhan gi navbat birikmalari b-n ifodalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x