SARGON II — Ossuriya podshohi (mil. av. 722—705). Salmanasar V taxtdan agʻdarilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. Oʻz siyosatida kohinlar hamda Ossuriya va Bobilning imtiyozli shaxarlari manfaatlarini harbiylar manfaati bilan uygʻunlashtirishga harakat qilgan. Isroil (722) va Suriyani bosib olgan (Karxemishning egallanishi, 717); 714-y. Urartu podshoxi Rusa I ni tormor etgan, Kichik Osiyo ya. o. ning sharkidagi, shuningdek, Midiyadagi bir kancha viloyatlarni bosib olgan; 710—709-y. larda Bobilni egallagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые