SARGODHA

SARGODHA, Sargoda — Pokistonning shim. sharqiy qismidagi shahar, Panjob viloyatida, Quyi Jalam kanali boʻyida. Aholisi 455,4 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Q. x. (paxta, bugʻdoy, sitrus mevalar, sut chorvachiligi) r-nining savdo markazi. Ip gazlama, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Kime maxsulotlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: yogʻoch oʻymakorligi, metalldan buyumlar yasaladi, qoʻlda gilam toʻqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x