SARGASSO DENGIZI

SARGASSO DENGIZI — Atlantika okeanining shim. qismidagi dengiz. Kanar, Shim. Passat va Golfstrim oqimlari bilan chegaralangan. 23—35° sh. k. va 30 — 68° gʻ. u. lar oraligʻida. Mayd. 6—7 mln. km2. Eng chuqur joyi 7110 m. S. d. da shamol va suv oqimlari kuchsiz, doimiy emas. Dengizda Bermuda o. lari joylashgan. Suvining t-rasi qishda 18— 23°, yezda 26 — 28°. Shoʻrligi 36—37%o. Hayvonot dunyosiga boy. Dengiz suvining yuza qatlami va unga yaqin qismlarida suzib yuruvchi sargasso suvoʻtlar nihoyatda koʻpligidan dengizga shunday nom berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x