Tishlaring misli inju,
Yo`q jahon kimyosida,
Na jahon kimyosida-yey,
Na durlar qiyosida. (x2)
Sadaflarni yashirgan
Xazinadur lablaring.
Benarx-u beqiyosdur
Bu dunyo savdosida.
Benarx-u beqiyosdur
Bu dunyo savdosida.
Tishlaring misli inju,
Yo`q jahon kimyosida,
Na jahon kimyosida-yey,
Na durlar qiyosida. (x2)
Derman yorim chaqirib,
“Ismimni bir bora ayt”.
Izhorimga parvo qil,
Qilmayin dilpora, ayt.
Mayli, pichirlab aytgil,
Mayliga, oshkora ayt.
Shirin bo`lgay bu ismim,
Labing murabbosida.
Shirin bo`lgay bu ismim,
Labing murabbosida.
Tishlaring misli inju,
Yo`q jahon kimyosida,
Na jahon kimyosida-yey,
Na durlar qiyosida. (x2)
Yuzing ko`rmay kirgim yo`q,
Sening gulshan bog`ingga.
Duchor bo`lgim keladi
Yuzdagi chiroyingga.
Aytay desam ta’rifing,
So`z yetmas, saloh yetmas,
Netay, vaslingga sharh kam,
Bu dunyo imlosida.
Netay, vaslingga sharh kam,
Bu dunyo imlosida.
Tishlaring misli inju,
Yo`q jahon kimyosida,
Na jahon kimyosida-yey,
Na durlar qiyosida. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.