Soyangiz bulutga ergashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,
Soyangiz bulutga tirmashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,
Yodingiz dillarda joylashgan,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)
Siz yo`qsiz – qalbimda yarolar,
Ayting, bu dardni kim davolar?
Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Afsusdan egildi boshlar ham,
Sog`inib uyildi qoshlar ham. (x2)
Firoqdan dengizdir yoshlar ham,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)
Bu dunyo o`tkinchi, bevafo,
Siz shoir, siz hofiz, siz daho.
Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.
Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.
Unutmoq osonmas sizlarni,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.