52 bolang yondi daf’atan,
E voh, kulga qanday o`raysan kafan?
Ona bo`l, boshingga oq ro`moling yop,
Ota bo`l, belingni bog`la, jon Vatan!
Biri o`g`lonmidi kuyov bo`lmagan,
Biri yigitmidi farzand ko`rmagan?
Endi yetim qolgan go`daklaringni
Otasi bo`l, qalqoni bo`l, jon Vatan!
52 bolang yondi daf’atan,
E voh, kulga qanday o`raysan kafan?
Ona bo`l, boshingga oq ro`moling yop,
Ota bo`l, belingni bog`la, jon Vatan!
52 o`g`lon yondi daf’atan.
Samolar zirillab ketdi faryoddan,
Darvoza ochildi to`g`ri Jannatdan.
Og`a bo`l, yelkangga tobutlarni ort,
Singil bo`lib faryod ayla, jon Vatan!
52 o`g`lon ketdi daf’atan.
Nogoh alangaga burkanganda tan,
Kalima keltirib ulgurdimikan?
“O`zbekman” deganning jon yuragidan
52 qabr kavla, jon Vatan!
O`g`lonlaring ko`kka ketdi daf’atan.
Biri o`g`lonmidi kuyov bo`lmagan,
Biri yigitmidi farzand ko`rmagan?
Endi yetim qolgan farzandlaringni
Otasi bo`l, qalqoni bo`l, jon Vatan!
O`g`lonlaring ko`kka ketdi daf’atan,
52 o`g`lon yondi daf’atan…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.