SARD TILI — roman tillarisgm biri. Sardiniya o. va unga yaqin boshqa orollarda tarqalgan. 1,5 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. 11—14-a. larda Sardiniyaning rasmiy tili boʻlgan. 20-a. da oddiy soʻzlashuv tili, matbuot va sheʼriyat tili sifatida qoʻllanadi. (S. t. da badiiy nasr yaratilmagan). Sard tili eng kad. roman tillaridan boʻlib, u koʻproq italyan tilining jan. laxjalariga yaqin turadi. Oʻz navbatida, bir necha lahjalari bor. Fonetik va morfologik jixatlari b-n boshqa roman tillaridan birmuncha farqqiladi. Leksikasida katalan, ispan va italyan tillarining taʼsiri seziladi. Sard tili yagona adabiy til meʼyoriga ega emas. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. Undagi ilk matnlar 11-a. ga mansub.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые