SARAXBOR (fors. —arab. — bosh xabarlar) — 1) Shashmaqomnmt har bir maqomda ashula boʻlimi boshlanadigan birinchi, bosh shoʻba. S. lar maqom nomi b-n qoʻshilib, Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost kabi ataladi. Oʻz navbatida, har bir Saraxborning bir necha (6 tagacha) taronalari mavjud. Asosiy Saraxbor lardan tashqari Dugoh maqomining 2guruh shoʻbalar tarkibiga Saraxbori Oromijon deb nomlangan shoʻba ham kirgan. Saraxborlar 2 chorak takt oʻlchovidagi oddiy ravon (bakbum) doira usulida ijro etilsada, kuy tuzilishi juda murakkab. Ular daromad, miyonxat, dunasr, avek hamda ulardan keyin keladigan furovard kuy tuzilmalaridan tarkib topgan. Saraxborlar avjida esa bir nechtadan namud ishlatiladi (mas, Saraxbori Buzrukda Uzzol va Muhayyari Chorgoh, Si Rostda Segoh, Uzzol va Muhayyari Chorgoh namudlari va h. k.). Slar odatda, 15 va 14 hijoli muzore, mujtass, mutaqorib va ramal vaznlardagi gʻazallar bilan yakkaxon xonandalar va ashulachilar ansambli tomonidan (cholgʻular joʻrligida) aytiladi. Saraxborlar maqomlarning bosh mavzui sifatida boshqa shoʻbalar ohang va tarkibiy tuzilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan;
2) tojik mumtoz musiqa merosida bir necha qismdan iborat boʻlgan, turlicha nomlanuvchi kuy va ashulalar nomi (jumladan, «Saraxbori Koʻhistoniy»).