SARATOV VILOYATI

SARATOV VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1934-y. 10 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 100,2 ming km2. Aholisi 2669,3 ming kishi (2002) asosan, ruslar (85,6%), shuningdek, ukrain, tatar, qozoq, mordva, chuvash, belorus, nemis va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi — 73,2%. S. v. da 38 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 30 shaharcha bor. Markazi — Saratov sh.

Sv. Sharqiy Yevropa tekisligining jan. sharqida, Quyi Volga boʻyida, Volga daryosining har ikkala soxilida joylashgan. Eng baland joyi 370 m. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, neft, yonuvchi slaneslar, kurilish materiallari bor. Ikdimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi—12°, iyulniki 22°. Yiliga 250— 450 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 127—150 kun. Asosiy daryosi — Volga va uning irmoklari: Tereshka, Katta Irgaz; Volgograd va Saratov suv omborlari bor. Sv. oʻrmonli dasht va chala choʻl zonalarida joylashgan.

Tuproklari asosan, qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproklar. Hududining 5% oʻrmon (qayragʻoch, dub, qayin). Yovvoyi hayvonlardan yumronqoziq, dala sichqoni, qoʻshoyoq, olaxurjun, malla tovushqon, tulki, boʻri, sassiqkoʻzan, oʻrmonlarda los, dashtlarda saygʻoq yashaydi. Ondatra, yenotsimon it, bobr, vixuxol, qobon, norka, xoldor bugʻu iqlimlashtirilgan. Daryolarda laqqa, leshch, sudak va b. baliqlar bor. Viloyat hududida Xvalin milliy bogʻi joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallni qayta ishlash (aviatsiya z-di; trolleybus, podshipnik z-dlari, avtotraktor pritseplari, sovitkich va muzlatkich, metall kesuvchi stanoklar, priborlar, avtomatlashtirish vositalari va ular uchun ehtiyot qismlar, yoʻl mashinalari i. ch.), oziq-ovqat, kimyo va neft kimyosi (mineral oʻgʻitlar, sulfat kislotasi, kimyo tolasi va iplari, «Balvisko» va «Ximvolokno» korxonasi), texnik rezina buyumlari («Balakovorezinotexnika» korxonasi), yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, ipak va ip gazlamalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari, taxta tilish va yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati tarmoqdari mavjud. Neft va gaz qazib olinadi. Saratov GES, Balakov AESlari qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Saratov, Balakovo, Balashov, Volsk sh. lari.

Sv. — Rossiyaning muhim q. x. rayonlaridan biri. Gʻalla, texnika ekinlari (kungaboqar, qand lavlagi), kartoshka, sabzavot, poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi goʻsht va sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Koramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Volga daryosi va Volgograd suv omborida kemalar qatnaydi. Saratov — Moskva, Saratov — Penza, Nijniy Novgorod — Cherepoves, Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvurlari oʻtgan. T. y. uzunligi 2299 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 9998 km (2002). Saratov sh. da xalqaro aeroport bor. 12 oliy oʻquv yurti, 13 muzey, 7 teatr, filarmoniya, sirk faoliyat koʻrsatadi. Kurort bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x