SARATONGUL

SARATONGUL (Hemerocallis fulva) piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Yevropaning oʻrta qismi, Osiyoning gʻarbida oʻsadi. Ildiz boʻgʻizi toʻpbargli yashil, tarnovsimon, tuksiz. Poyadagilari esa mayda boʻlib, gulyonbargchalarga oʻxshaydi. Gullari yirik, qizgʻishsariq, hidsiz. Toʻpguli siyrak, chochoq. Iyunning boshidan gullaydi. Saratongul sovuqqa chidamli, manzarali oʻsimlik. Asosan, yoz oxirida ildizini boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Soyaroq yerlarda, ariq va hovuzlar boʻyida yaxshi usadi. Ildizpoyasi xalq tabobatida ishlatiladi. Ziravor sifatida ovqatga solinadi. Oʻrta Osiyoda ayni saratonda gullay boshlagani tufayli Saratongul deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x