Oddiy odam uchun bu dard o’lim hukmi bilan barobar. Lekin aslida saraton kasalligi turlari juda ham xilma-xil bo’ladi. Uning bazi turlari osonlikda aniqlanadi va samarali davolanadi. Kasallik to’g’risida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz, u haqida hamma bilishi kerak bo’lgan faktlar haqida o’qing.
Saraton kasalligi turlari
Tibbiyot fanida onkologik kasalliklar qaysi a’zolarda uchrashiga qarab guruhlarga bo’linadi. Umuman olganda saraton deb faqat epiteliy hujayrlarda uchraydigan o’smalarga aytiladi. Xavfli o’smalarning boshqa turlari masalan mushaklar hamda suyaklarda uchraydiganlariga sarkomalar deb ataladi. Limfomalar esa limfa tugunlarini shikastlaydi.
O’sma 2 xil bo’lishi mumkin yaxshi hamda yomon. Yaxshilari barqaror, o’zgarmaydi atrofi o’zi o’sib chiqqan to’qima bilan qoplangan. Eng muximi ko’payib organizm bo’ylab taqalmaydi, ular xavfsiz. Yomon o’smalar esa ko’payib atrofdagi to’qimalarni egallab oladi, metastazlar (bo’laklarga bo’linib tarqalish) beradi. Ular o’ta xavfli.
Saratonning eng ko’p uchraydigan ko’rinishlari
Bugungi kunga kelib kasallikning 10 ta turi eng ko’p uchraydi. Shulardan 8 tasi odam a’zolarini, 2 tasi esa qon va limfa a’zolar tizimini shikastlaydi. Ular quyidagilar.
Ko’krak bezi saratoni, hammasini erta tashxis xalq qiladi
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra har yili 1.5 million ayollarga bu diagnoz qo’yiladi. O’tgan asrlarda asosan qari yoshdagi ayollar og’rigan bo’lsa, endilikda borgan yosh ayollar ham bu dardga chalinmoqda. Bu qo’rqinchili dard lekin davosi bor, qancha erta tashxis qo’yilsa shuncha yaxshi.
Ko’krak bezi o’smasi kelib chiqish sababi shifokorlarga hozircha noma’lum. Ekologiya va irsiyat muhim rol o’ynashi aniqlangan. Qishloq ayollari shahar ayollariga nisbatan 30% kamroq kasallanadi.
Saraton 4 bosqichda boradi. Agar kasallik 1-bosqichda aniqlansa 5-yil ichida yashab qolish imkoniyati 94%, 2-bosqichda aniqlansa 79%. 4-bosqichda aniqlangan o’smani deyarli davolashning iloji yo’q, bunda shifokor faqat bemor ahvolini yengillashtirishga harakat qiladi. Kasallikni o’z vaqtida aniqlash, uning alomatlarini oldindan payqab mutaxassisga murojaat qilish inson hayotini saqlab qoladi.
Rakni davolashda 5 yil davomida yashab qolish ko’rsatkichi degan tushuncha keng ishlatiladi. Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa, shuncha tuzalib ketish ehtimoli yuqori bo’ladi.
Davolash usullari:
- Jarrohlik yo’li bilan. Bu davollashning asosiy usullaridan biri. O’smaning o’chamlariga qarab ko’krak bezi saqlab qolinish yoki butunlay olib tashlanishi mumkin. Buni davolovchi shifokor halq qiladi.
- Kimyoterapiya. Har xil kimyoviy dorilar qo’llaniladi. Ko’pincha operatsiyadan oldin yordamchi vosita yoki jarrohlikdan so’ng kasallik qaytalamasligi uchun ishlatiladi. Odatda 3-6 oy mobaynida qo’llaniladi. Nihoyatda organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Qon hosil bo’lish, immunitet jarayonlarini buzulishiga, soch, qosh-kipriklarni to’kilishiga oib keladi.
- Radioterapiya yoki nur terapiyasi. Bu usulda o’simta kuchli rentgen aparatiga o’xshash asboblar borqali nurlantiriladi. Bu yordamchi usul dard qaytalamasligi uchun jarrohlikdan so’ng yoki oldin operatsiyaga tayyorlash uchun tayinlanadi. Kimyoterapiyadan farqi unchalik zaharli emas, lekin murakkab har doim ham tayinlab bo’lmaydigan usul.
Buyrak saratoni
Har yili kasallikning bu turi bilan 190000 kishi og’riydi, 90000 dan ko’proq kishi o’lim topadi. Uzoq muddatgacha kimyoterapiya preparatlariga ta’sirchan emas deb xisoblab kelingan. Xozirda tadqiqotchilar borgan sari davolashda yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. O’sma 1-bosqichda aniqlansa har 10 ta bemordan 9 tasi yashab ketadi. Oxirgi 4-bosqichda aniqlangan o’smani esa yengib bo’lmaydi.
To’g’ri Ichak o’simtasi
Ichakni shikastlaydigan saraton turlari ichida bu o’smalar o’zini uzoq muddat 20-25 yil o’sishiga ko’ra boshqalardan ajralib turadi. Ba’zida yangi xavfli xosilalar poliplardan rivojlanadi. Poliplar to’qimalarning shilliq qavatlari ustidan anomal o’sib ketishidir. Ular deyarli har 2 ta odamdan bittasida bor. Lekin ko’pchilik ularga e’tibor bermaydi. Poliplarning 10 % kamrog’i xavfli o’smalarga aylandi.
Poliplar haqida to’liqroq o’qimoqchi bo’lsangiz, bu yerda.
Limfoma – saraton kasalligi turlari ichida eng murakkabi
Limfa tugunlari organizmda har xil chiqindilardan, ayniqsa virus bakteriyalardan tozalovchi filtr vazifasini bajaradi. Ular oval formada bo’lib, butun organizm bo’ylab joylashgan. Limfa tugunlari limfa tomirlari bilan birlashib murakkab tizim hosil qiladi. Limfoma ham murakkab kasallik, turli tuman ko’rinsihlarga ega. Ularning ichida Xodjkin va Nexoddjkin limfomalari ayniqsa xavfli.
O’pka saratoni shafqatsiz
Saraton kasalligi turlari ichida insonning eng beshafqat qotili. Asosiy sababi tamaki maxsulotlarini chekish hisoblanadi. Ko’proq 55-60 yoshdagi odamlarda uchraydi. O’pka murakkab tuzilgani va o’sma tez rivojlanganligi sababli erta tashxis qo’yish qiyin. Oxirgi bosqichlarida esa allaqachon hammasi kech bo’ladi. 2010-yilning o’zida 175000 dan ziyod odam umriga zomin bo’lgan.
Prostata bezi o’smasi.
Agar kasallik erta aniqlansa, o’sma bezdan tashqariga chiqmagan bo’lsa 95% hollarda muvaffaqiyatli davolanadi. Lekin o’smaning xavfli tomoni belgilarsiz uzoq muddat kechishi. Katta yoshdagi erkaklar tez-tez urolog ko’rinishidan o’tib turish kerak. Undan tashqari bovul qilishga ko’p chiqish, siydik va spermada qon bo’lganda tezda shifokor murojat qilish zarur.
Qalqonsimon bez o’smasi deyarli bezarar.
Bu turdagi o’smalar yaxshi hamda nisbatan oson davolanadi. Ko’pincha uni tomoqda shish paydo bo’lganda yoki bemorning yutishga qiynalayotganligi to’g’risidagi shikoyatidan so’ng aniqlanadi. 95 % holatda o’sma atrofdagi to’qimalarga xavf solmaydi. Faqatgina 5 % hollarda tajavuzkor, yomon o’simtalar uchraydi.
Qon saratoni – Leykoz, oq qon.
Oq qon ikki xil formada uchraydi.
- O’tkir va tez tarqaluvchi.
- Surunkali sekin tarqaluvchi.
Surunkali formalari to’g’ri davolansa kasallikni nazoratga olish mumkin. Kasallikning bunday formasiga yo’liiqan bemorlar shifokorlar yordami bilan 10 yillar mobaynida yashash imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda juda ko’p bemorlar surunkali leykozga qarshi kurashib yashab kelmoqda.
Siydik pufagi o’simtasi
Siydikdagi qon siydik pufagi saratoni asosiy va birinchi simptomi. Ko’proq erkaklarda uchraydi. Paydo bo’lishiga asosiy sabab siydik tarkibidagi zaharli moddalar, siydik qopi devorini yemiradi. Siydikka zaharli moddalar tamaki mahsulotlaridan, avtomobil gazlaridan o’tish mumkin. Yangi ishlab chiqarilgan preparatlar ancha samarali ta’sir ko’rsatmoqda.
Teri saratoni.
Saraton kasalligi turlari ichida teri melanomasi alohida ahamiyatga ega chunki, bemorning o’zi teridagi o’zgarishlaarning oldindan payqab qolish mumkin. Ayniqsa xollarga, terining rangi tasodifan o’zgargan sohalarga e’tibor berish kerak.
Quyidagi belgilarga e’tibor berish lozim.
- Assimetriya (xolning bir bo’lagi ikkinchi bo’lagiga to’g’ri kelmaydi)
- Xolning chetlari no tekis
- Alohida olingan xolning rangi boshqa xollar rangidan farq qiladi.
- Diametri 6 mm dan katta.
Teri o’smalari ichida melanomlar tez o’sishiga ko’ra xavfli.
Onkologiya kundan-kunga rivojlanib bormoqda, shunga yarasha davolash usullari ham takomillashyabdi. Hozirgi kunda saraton ilgarigidek umidsiz, tuzalib ketishga imkoniyatsiz dard emas.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Maqolaga baho bering
[Total: 25 Average: 3.7]