SARATON (arab.) — 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri; osmonning Shim. yarim sharida, Silovsin, Egizaklar, Kichik It, Gidra, Asad va Arslon yulduz turkumlari orasida joylashgan, belgisi a9, eng ravshan yulduzi 4yulduz kattaligida. Saraton oʻrta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda koʻrinadi. Yerning tropik mintaqalaridan biri Saraton nomi bilan atalgan; shu mintaqada yozgi quyosh turishi vaqtida Quyosh zenitdan oʻtadi. Quyosh Saraton yulduz turkumida iyul oyida boʻladi;
2) shamsiya yil hisobida toʻrtinchi oyning nomi (q. Kalendar). 22-iyundan 21-iyulgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.