SARATEPA

SARATEPA — ilk oʻrta asr qasr xarobasi (7-a. oxiri — 9-a. oʻrtasi). Samarqandningjan. gʻarbiy chekkasida, Xoja Saʼd va Saratepa qishloklari yaqinida joylashgan. Toʻrtburchak tarhli (50×60 m), bal. 6 m gacha yetgan. 1980y. larda qazish ishlari olib borilgan. Saratepa paxsadan hamda yirik xom gʻishtdan (45—48 x 25—28 x 7—10 sm) ishlangan. Qasr yoʻlaklarining uz. 12, kengligi 2,3 m boʻlgan. Sharqiy tomondan qasr mudofaa devoriga tutashgan. 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida Saratepa janubida qishloq vujudga kelgan. 9-a. oʻrtasida qasr tanazzulga uchrab, 10-a. da kimsasiz, tashlandiq holga kelgan. Qishlokdagi hayot esa, 13-a. ga qadar davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x