SARAPUL — RFning Udmurtiya Respublikasidagi shahar (1780-y. dan). Kama daryosining oʻng sohilidagi yirik port. T. y. stansiyasi. Aholisi 107,4 ming kishi (1998). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan Respublikaning Ijevskdan keyingi 2shahri. Koʻn va poyabzal sanoatining qad. markazi. Mashinasozlik (mudofaa mahsuloti, radiostansiyalar, avtomobil radiopriyomniklari, uyroʻzgʻor elektr asboblari, neft sanoati jihozlari va b. ishlab chiqarish) rivojlangan. Yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari bor. Ijevsk mexanika in-tining filiali, bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 19—20-a. boshlari meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые