SARANDOZ

SARANDOZ, toʻr— toʻy yopinchigʻi; toʻyda, salomda kelinning boshiga yopiladigan toʻr; nafis oq matodan tikiladi. Zarafshon vodiysidagi shahar va qishloqlarda keng tarqalgan. Dastlab bezaksiz boʻlgan, keyinchalik Sarandoz atrofi gir aylantirib hoshiya naqshli kashtalar tikib, chetiga uqalar tutib bezatila boshlagan: naqsh mujassamoti yorqin rangli gullar uygʻunlashgan sershox novdalardan iborat; gullarida kashtadoʻzlikdagi anʼanaviy (choyshab, soʻzana) buyumlar bezagining taʼsiri seziladi. 20-a. oʻrtalaridan Samarqand—Buxoro va b. mintaqalarda atrofiga pishiq matodan tikib kashtasi qoʻlda hamda mashinada tikib ingichka va keng jiyaklar bilan bezatilgan Sarandoz keng tarkalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x