SARAMAGO Joze (taxallusi; asl ism-sharifi Joze Mariya Ferreyra de Kastro) (1922, Portugaliya) — portugal yozuvchisi va shoiri. Ilk romani — «Gunohkorlar yeri» 25 yoshida chop etilgan. Ushbu asaridan koʻngli toʻlmagan Saramago 19 y. davomida hech qanday asar yozmagan. 1966-y. «Ehtimoliy sheʼrlar» poetik toʻplami nashr etilgan. «Yerdan unib chiqqanlar» (1980) romanida hech qachon oʻz yeri boʻlmagan dehqon oilasining 3 avlodi tarixi hikoya qilingan. «Monastir xotiralari» (1982) romani bir qaraganda oldingi asarining davomidek tuyulsada, biroq bu — boshlangʻich taassurot. Roman tarixiy mavzuda boʻlib, 18-a. ning 1-yarmi voqealariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1998).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые