SARAGOSA — Ispaniyaning shim. sharkiy qismidagi shahar, Ebro daryosi boʻyida. Aragon muxtor viloyati va Saragosa provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 841,4 ming kishi (1998). Mashinasozlik (jumladan, t. y. va q. x. mashinasozligi, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektr jihozlari i. ch.), oziq-ovqat, kimyo, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sement, koʻnteri sanoati korxonalari mavjud. un-t (1533), nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga mil. av. 27 y. da rimliklar asos solgan. 714-y. da arablar hukmronligi ostida boʻlgan. 1118-y. dan Ispaniya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan 11— 17-a. larda qurilgan sobor, minora, cherkov, saroylar saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые