SAQOQUSHLAR

SAQOQUSHLAR, meshkobchi qushlar, bir qozonlar (Pelecanidae) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tumshugʻi uzun, pastki qismida choʻziluvchan teri xaltasi (meshkobi) bor. Tanasining uz. 130—180 sm, qanotlari yoyilganda 2,7 m gacha, vazni 10 — 13 kg. Patlari oq, pushti yoki kulrang tusda tovlanadi. Yirik patlari toʻq qoʻngʻir, baʼzan qora. Havo xaltasi xamda skeleti govak boʻlishi tufayli yaxshi suzadi va uchadi. Koloniya boʻlib dengiz, dare va koʻl orollaridagi qamishzorlarda toʻplanadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda, 2—3 ta tuxumini nari va modasi 35—40 kun navbatlashib bosadi. Bolalari 70—75 kunda uchurma boʻladi. Fatsat baliklar b-n oziqlanadi. 1 urugi, 7 turi maʼlum; yer sharining issiq va iliq zonalarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi — pushti va jingalak saqoqush uchraydi. Soni qisqarib borayotgan turlar maqomi bilan Oʻzbekiston Kizil kitobiga kiritilgan. Jingalak saqoqush Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining qizil roʻyxatiga va «Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida»gi Konvensiyaning (CITES) 1 ilovasiga kiritilgan.

CAFAHA, sogʻona — Oʻrta Osiyo xalqlarida marhumlarni dafn etish bilan bogʻliq dafn inshooti;

1) yer osti suvlari yer betiga yaqin, toshloq joylarda yer ustiga pishiq gʻisht yoki toshdan ishlangan, shakli beshikka oʻxshash, ichiga bir, baʼzan bir necha (birinketin) jasad qoʻyilgan qabr;

2) qabr ustiga oʻrnatiladigan yodgorlik turi.

Oʻrta Osiyoda 14—15-a. larda qabr ustiga S qoʻyish rayem boʻlgan, naqsh oʻyib, kitobalar yozilgan. Saqoqushlarlar pishiq gʻishtdan, toshdan, qora yoki kulrang marmardan ishlanib, baʼzan usti sirkori koshin, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, 2 yoni ravoqsimon boʻlgan. Temuriylar qabrlariga qoʻyilgan Saqoqushlarlar badiiy ishlangani bilan diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x