Saqichmon


Post Views:
67

SAQICHMON, Sanchiqmon – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahallalardan biri. Pichoqchilik, Kallaxona, Pushtihammom mahallalari, Eski jo‘va bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. «Saqichmon» atamasi tarixi 18-asr oxiri choragida Yunusxo‘jaga ittifoqdosh bo‘lgan sanchiqli qabilasidan bo‘lgan qavmlarni shahar hududiga kelib joylashishi bilan bog‘liq. Sanchqliyon – sanchqlilar keyinchalik sanchqlimon – Sanchiqmonga (xalq tilida Saqichmon, Chaqichmon) aylangan. Taxminan 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shahar bozoriga yaqin bo‘lgani uchun hunarmandchilik va dehqonchilik (shahar atrofidagi mavzelarda) bilan shug‘ullangan. Mahalla hududida choyxona, baqqollik do‘konlari, shuningdek, Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Eshon Bo‘rixo‘ja Sanchiqmoniy madrasasi va masjidi (1820) joylashgan. Ushbu mahallada shaharning ko‘zga ko‘ringan tasavvuf namoyondalaridan Eshon Vali Sanchiqmoniy, payg‘ambar (alayhisalom) avlodlaridan Miyon Fazl Qadr hazrat (1856–1928) va boshqalar yashaganlar. Mahalla hududida 20-asr boshida qurilgan To‘xtaboy jome masjidi Miyon Fazl Qadr ko‘rsatmasiga ko‘ra, shu mahallalik mashhur boylardan To‘xtaboy tomonidan bunyod etilgan. Hozirda Saqichmon mahallasi hududida 14-oilaviy poliklinika, «Sharq» marosimlar koshonasi (to‘yxonasi) va boshqa ob’yektlar mavjud.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/saqichmon-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x