SAPFIR (qad. yahudiycha sappir — koʻk tosh) — korundning A12O3 tarkibli shaffof, tiniq koʻk rangli xili. Zargarlikda boshqa rangli turlariga (qizil turi — yoqutdan tashqarisi) Sapfir deb nom berilgan. Rangi izomorfli aralashmalarga bogʻliq: alyuminiyning turli miqdorda titan va temir (Gʻye2+ va Gʻye3+ farq qiladi) almashuvidan hosil boʻladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. 1toifali qimmatbaho tosh hisoblanadi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 9; zichligi 3,5—3,6 g/sm3. Konlari ShriLanka, Hindiston, Tailand, Rossiyada bor. Tarixda mashhur boʻlgan Sapfir toshlari Britaniya imperiyasining tojida (104 karat), oval shaklli (258,8 karat) brilliant broshkada oʻrnatilgani Rossiya Olmos fondisya saqlanmoqda. Sapfir sanoatda sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Sapfirning zumrad, topaz, safsar (ametist) va b. xillari zargarlikda, sunʼiy rangsizi — leykosapfir mikroelektronika, kvant elektronikasi, optika va b. da ishlatiladi (q. Korund). Oʻzbekistonda «korund mintaqasi» Tomdi togʻlaridan Olay togʻlarigacha 1000 km ga choʻzilgan boʻlsa ham sifatli Sapfir hanuz topilmagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые