SANTYAGODEKUBA — Kubaning jan. sharqiy qismidagi shahar, SantyagodeKuba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Gavanadan keyin 2oʻrindagi iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 430,4 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Karib dengizining SantyagodeKuba buxtasining shim. sharqiy sohilidagi yirik port (chetga neft, shakarqand, rom, kofe chiqariladi). Transport yoʻllarining muxim tuguni. Aeroport bor. Oziqovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar yaqinida neftni qayta ishlash z-di qurilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые