SANGGARDAK, Sankarda — ilk oʻrta asrlarda Kesh viloyatiga qarashli rustoq va shahar nomi. Sanggardak shaxri Sangardakdaryonknt oʻrta oqimi vodiysida, Chagʻoniyon poytaxti (hoz. Denov)dan 30 — 35 km masofada, hoz. Sangardak kishlogʻi oʻrnida boʻlgan. Bu qishloqning eski markazi hozirgacha «Xondiza» deb ataladi, bu uning koʻhna qishloq ekanligidan dalolat beradi. Sugʻdcha «diza» — qalʼa soʻz boʻlagi borligi uni ilk oʻrta asrlarga oidligini bildiradi. Qishloq yaqinidagi oʻrta asr qabristonini Sanggardak daryosi yuvib ketgan. 19-a. da Sanggardak aholisining asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Yozda aholi daryoning oʻng qirgʻogʻi boʻyidagi bogʻlarga chiqib, oʻtovlarda yashaganlar.
Oʻrta asrlarda Sanggardak shahri shu nomdagi rustoqning maʼmuriy markazi boʻlgan. Ibn alAsirning yozishicha, Sanggardak rustoqida Muqannaning qalʼasi joylashgan. 19-a. oxirida Yurchi qishlogʻi qarshisidagi togʻ qoyasining nomi «Sana» yoxud «Sanam» atalib, bu togʻlarda shu nomdagi qishloq ham boʻlgan.
Ad.: Kamal idd i nov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nach. XIII vv., T., 1996.