SANGARDAKDARYO

SANGARDAKDARYO — Surxondaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻridan (3800 m) boshlanadi. Uz. 114 km, havzasining mayd. 948 km2. Suv yigʻish mayd. 889 km2, oʻrtacha bal. 2286 m. Yuqori oqimida (Qizilsoy qoʻshilgunga kadar) Degikanora deb ataladi. Shu kismda dare juda tor va yon bagʻirlari tik vodiydan okadi. Sangardakdaryoga bir kancha kattakichik soylar qoʻshiladi: oʻng tomondan Qizilsoy (15 km), Shoʻrchiob (11 km) va Molongur (23 km); chap tomondan Xondiza (25 km) va Nilu (11 km). Sangardakdaryo asosan, mavsumiy qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Maksimal suv sarfi 44 m3/ sek. (may oyida), noyab. — yanv. da 4,38— 4,04 m3/sek. Sangardakdaryoning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15 m3/sek., oʻrtacha oqim moduli 17,0 l/sek, km2. Dare vodiysi Surxondaryo viloyatining xushmanzara joylaridan biri, sharsharalar bor. Oʻrmon xoʻjaligi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x