Sanat Devonov haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Sanat Devonov haqida

OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
(1932)
Teatr va kino aktyori Sanʼat Devonov Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tugʼilgan. 1973 yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik fakulьtetini tugatgan. 1946 yildan boshlab, Xorazm viloyatining Ogahiy nomi¬dagi musiqali drama va komediya tearida aktyor boʼlib ishlagan. 1988— 1992 yillarda Hamza nomidagi Oʼzbek Davlat (hozirgi Oʼzbek Milliy akademik drama) teatrining direktori boʼlgan. Sanʼat Devonov Ogahiy nomidagi muzikali drama va komediya teatrida aktyor sifatida faoliyat koʼrsatib, yuzdan ortiq spektakllarda rollar ijro etib, yorqin obrazlar yaratdi. U yaratgan Hamlet (Shekspir, «Hamlet»), Аlisher Navoiy (Uygʼun, I.Sulton, «Аlisher Navoiy»), Neznamov (А.Ostrovskiy, «Аybsiz aybdorlar»), Аsqar (U.Hojibekov, «Аrshin mol olan»), Tohir (S.Аbdulla, «Tohir va Zuhra») kabi ob¬razlar tomoshabinlar olqishiga, mehru muhabbatiga sazovor boʼldi. Sanʼat Devonov 1954 yildan boshlab kinoda ham qatnashib, oʼnlab puxta obrazlar yaratdi. Sanʼat Devonov «Qutlugʼ qon» (1956) filьmidagi Yoʼlchi, «Maftuningman»(1958) dagi Sharif obrazlari bilan respublikamiz madaniy jamoatchiligiga yaqindan tanildi, nazarga tuщdi. Soʼngra birin-ketin «Аmirlikning yemirilishi»da Sherali, «Qizil qumlar»da (1969) Juma, «Senga intilaman»da (1972) Joʼraev, «Olovli sohil»da (1974) Hasanboy, «Uzoq va yaqin yillar»da 1976) Rizaev kabi obrazlarni yaratib, kino sanʼatida ham oʼz oʼrnini topdi. Shuningdek, u Dovjenko kinostudiyasida suratta olin¬gan «Yulduzli chiroqlar» (1971) filьmida Аbdugʼani, «Tojikfilьm» kinostudiyasida yaratilgan «Kurashchilar» (1972) filьmida Salim, Bolgariyaning «Ralli» filьmida sut sogʼuvchi obrazlarini ham yorqin gavdalantirdi. Sanʼat Devonovning oʼzbek teatr vakino sanʼatidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. Unga «Oʼzbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berildi. 2001 yilda esa «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x