SAN-XOSE

SAN-XOSE — KostaRika poytaxti. Irasu va Poas harakatdagi vulkanlari yaqinida, Markaziy vodiy platosida, 1170 m balandlikda joylashgan. Axoliyey 324 ming kishi (1990y. lar oxiri). Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha tra yanv. da 18°, iyulda 21°, yillik yogʻin 1850 mm. Transamerika shossesidagi yirik transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Milliy teatr, milliy muzey, un-t, Tarix va Til akademiyalari, kutubxonalar bor. Shaharga 1737—38 y. larda asos solingan. 18-a. da tamaki sanoatining yirik markazi boʻlgan. Teztez zilzila boʻlib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, Prezident saroyi, Milliy saroy, teatr binosi va b. saqlangan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x