SAN-SALVADOR

SAN-SALVADORSalvador poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Amakas daryosi vodiysida, SanSalvador vulkani etagida, 700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, oʻrtacha oylik tralar 22— 24,6°, yillik yogʻin 1700 mm. Aholisi 423 ming kishi (shahar atrofi bilan 1,5 mln. kishi, 1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari bor. Kimyoviy oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. San-salvadorda untlar, Salvador akademiyasi, Salvador Tarix akademiyasi, texnika inti, milliy kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shahar 1525-y. da ispanlar tomonidan indeyslarning Kuskatlan sh. oʻrnida bunyod etilgan. 16 — 19a. boshlarida Gvatemalaning Salvador generalkapitanligi maʼmuriy markazi. 1834—39 y. larda Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari federatsiyasi. 1841-y. dan Salvador Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan cherkov (1783), sobor, milliy teatr binosi, saroy (1902—07) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x