SAN-LAVRENTIY QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanidagi qoʻltiq. Kanadaning sharqiy qirgʻoklari yaqinida. Nyufaundlend va KeypBreton o. lari S. L. q. ni okeandan ajratib turadi. Gidrologik rejimiga koʻra, yarim yopiq dengiz. Mayd. 249 ming km2. Chuq. 538 m. SanLavrentiy daryosi quyiladi. Suv qalqishi yarim sutkalik (2 m gacha). Dek. dan maygacha muz b-n qoplanadi. Aysberglar suzib yuradi. Baliq ovlanadi. Sohilida SetIl, Kvebek sh. lari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые