SANʼATSHUNOSLIK INSTITUTI

SANʼATSHUNOSLIK INSTITUTI, Oʻzbekiston BAning Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti — oʻzbek milliy sanʼati nazariy va amaliy masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy markaz. 1928-y. da Samarqand sh. da Oʻzbekiston musiqa va xoreografiya i. t. instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1932-y. Toshkent sh. ga koʻchirilgan. Madaniyat ministrligi (194357 va 196397), Oʻzbekiston FA (1957—63) qoshida boʻlgan; 1997-y. dan Oʻzbekiston BA tarkibida. Sanʼatshunoslik institutida tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, musiqa tarixi, folklor va zamonaviy musiqa, teatr va xoreografiya, meʼmorlik, kino va televideniye, madaniyatshunoslik, sanʼat va meʼmorlik tarixi, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi boʻlimlari, qad. yodgorliklarni restavratsiya qilish, fotokino, ovoz yozish lab. lari, ixtisoslashgan kutubxona bor. Int koʻrgazma toʻplamida arxeologik kazilmalar jarayonida topilgan muhim ashyoviy manbalar xazinasi, valik va magnit tasmalariga yozib olingan nodir va noyob xalq musiqa ijodiyoti namunalari, sanʼatshunoslik i. t. larining asl qoʻlyozmalari, fotomateriallari va arxiv materiallari saqlanadi. 1978-y. dan nomzodlik va 1992-y. dan drlik dissertatsiyalari himoyasi huquqiga ega Ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatadi.

Sanʼatshunoslik institutida oʻzbek milliy sanʼati — tasviriy va amaliy bezak sanʼatining nazariy uslubiy jihatlari, musiqiy meros va zamonaviy ijodiyot, anʼanaviy va zamonaviy teatr muammolari, kadimshunoslik topilmalari, madaniyatshunoslik va b. masalalar boʻyicha i. t. ishlari olib boriladi. Ilmiy tuplamlar nashr etiladi. Int 1989-y. dan Yaponiyaning Soka un-ti b-n ilmiy hamkorlik oʻrnatgan, Yaponiyaning Ipak yoʻli in-ti bilan Kushan davriga oid Dalvarzintepa madaniy yodgorligida, yapon va rus arxeolog olimlari bilan hamkorlikda Kampirtepa xarobalarida qazilma ishlari olib borilmoqda. 2002-y. dan YUNESKOning folklor va anʼanaviy madaniyatni oʻrganish mintaqaviy markazi tuzilib, Boysun majmuaviy ekspeditsiyasi oʻz ishini boshlagan.

In-tda sanʼatshunoslik taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlardan G. A. Pugachenkova, L. I. Rempel, M. S. Bulatov, I. Rajabov (q. Rajabiylar), M. K. Rahimov, T. S. Vizgo, L. Yu. Mankovskaya, D. A. Faxretdinova, S. Mahkamova, A. Umarov va b. ishlagan; M. Razmenov, M. Krdirov, P. Zohidov, E. V. Rtveladze, R. Toqtosh, T. Gʻafurbekov, F. Karomatov (Karomatli), J. Teshaboyev, A. Hakimov, R. Abdullayev, B. Turgʻunov va b. ijodiy faoliyat koʻrsatmoqda.

Davlat Mullajonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x