SAN

SAN, Asan Samʼoqan — Afgʻonistonning shim. dagi Guzganon viloyatidagi urta asr shaharlaridan biri. 9-a. da San kattaligi jihatidan viloyatda Anbar sh. dan keyin turgan. 737/738-y. S. yaqinidagi chuqur soy boʻyida arablar bilan turk xoqoni qoʻshini oʻrtasida jang boʻlgan. 10-a. da San togʻdagi kichik shahar (madina) ekanligi, unda koʻplab ariqlar va bogʻlar borligi, ayniqsa, yongʻoqzorlari bilan mashhurligi, 11-a. da San yaqinida feruza koni borligi, uni xorijiy davlatlarga chiqarilganligi manbalarda qayd etilgan. 12-a. da Sanda mis koni ham boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x