SAMPAYYU

SAMPAYYU (Sampaio) Jorje (1939.18.9, Lissabon) — Portugaliya davlat arbobi. Lissabon un-tining yuridik ftini tugatgan (1961). Portugaliya akademiyalararo uyushmasi kengashi bosh kotibi (1961—62), 1962—69 y. larda Lissabonda advokatlik bilan shugʻullangan. Soʻl sotsialistik kuchlar harakati asoschisi (1974), Portugaliya muvaqqat hukumatining davlat kotibi (1975—78), Yevropa Kengashida inson xuquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi aʼzosi (1979—84), Sotsialistik partiyada xalqaro munosabatlar uchun masʼul (1986—87), Parlamentda Sotsialistik partiya guruhining raisi (1987—88), Sotsialistik partiya bosh kotibi (1989— 91), Lissabon sh. meri (1989 — 95), 1996-y. Nyanv. dan Portugaliya Respublikasi prezidenti. 1979—95 y. larda Portugaliya parlamenti deputati.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x