SAMOSUD UCHUN JAVOBGARLIK.

SAMOSUD UCHUN JAVOBGARLIK.

🟢 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasiga ko‘ra, O‘zboshimchalik – “o‘zicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravari (270 000)dan 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🟢 Xuddi shu harakatlar ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, Jinoyat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, BHMning 50 baravarigacha (13 mln 500 ming so‘mgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

❗️Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam o‘ldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi. Ya’ni, manashunday jinoyat sodir qilgan shaxslar Jinoyat kodeksining bir-nechta moddalari bilan javobgar xisoblanib, xar-bir qilmishi uchun qilmishning darajasiga qarab unga jazo og‘irlashtirib belgilanishi mumkin.

🟢 Savol tug‘ilishi mumkin. Samosud o‘zi nima ?

✏️ Samosud deb, aybi bo‘lgan shaxsni yoki aybi bo‘lmasada odamlarning nazarida aybdorlikda gumon qilinayotgan shaxsni davlat organlariga topshirmasdan odamlarning o‘zi jazolashiga aytiladi. Masalan qo‘shningizni uyida xech kim yo‘qligida uni devoridan bir kishi sakrab tushganini ko‘rib qoldingiz va uni o‘g‘irlikda aybladingiz. Shundan keyin Siz uni IIB mas’ul hodimini chaqirmasdan o‘zingiz yoki boshqa qo‘shnilaringiz bilan razbor qilib, o‘ng va chap qulog‘ini chekkasiga ikki shapaloqdan tushurdingiz va Siz bu qilmishingiz bilan allaqachon samosudni boshlagan bo‘lasiz xamda Sizni o‘zingiz xam yuqorida ko‘rsatilgan javobgarlikka tortilasiz. Shuning uchun anashunday vaziyatda asabingizga hay bermasdan, telefoningizga hay berib 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x