SAMOLYOT

SAMOLYOT (rus. sam — oʻzim va letat — uchmoq) , aeroplan — havodan ogʻir uchish apparati. Dvigatel yordamida ilgarilama harakatlanganda qanotlarda vujudga keladigan koʻtarish kuchi taʼsirida yerdan kutariladi. Dvigatel valiga Urnatilgan vint tez aylanganda hosil buladigan tortish kuchi (porshenli dvigatellar urnatilgan Sda) yoki soplo orqali katta tezlikda chiqadigan gazlarning itarish kuchi (reaktiv dvigatelli Sda) taʼsirida oldinga harakatlanadi (uchadi). Qanotlarining bir yoki ikki tekislikda joylashishiga qarab, Samolyot monoplan (qanoti bir tekislikda) va biplan (qanotlari ikki tekislikda), dvigatellari soniga qarab, 1, 2, 3 va 4 motorli (baʼzan, besh va olti motorli); dvigatellari turiga qarab, vintli (porshenli va turbovintli), reaktiv dvigatelli (q. Aviatsiya dvigateli), yulovchilar oʻrinlari soniga qarab, bir, ikki va kup urinli; qoʻllanilishiga qarab, harbiy va fuqaro, sanitariya, yuk va maxsus turlarga bulinadi. Quruklikdan, suvdan (gidrosamolyot), shuningdek, ham suvdan, ham quruklikdan kutarila oladigan (samolyotamfibiya, yaʼni gʻildirakli shassi bilan jihozlangan gidrosamolyot) Samolyotlar bor.

Samolyotning asosiy qismlari: fyuzelyaj — odamlar, jixrzlar, qurollar (bir motorli Sda dvigatel) uchun moʻljallangan korpus, qanot; elerona — Sni kundaling tekislikda boshqarish uchun moʻljallangan qoʻzgʻaluvchan sirt, qanotning bir qismi; quyruq qanot. Quyruq qanot qoʻzgʻalmas sirtlar: gorizontal qism — stabilizator va vertikal kiyem — kil hamda qoʻzgʻaluvchan sirtlar, balandlik ruli va burish rulidan iborat. Uchuvchi Sni eleronalar, balandlik va burish rullari yordamida boshqaradi.

Bir motorli (dvigetelli) Sda ichki yonuv dvigateli fyuzelyajning tumshuq qismiga, reaktiv dvigatel urta yoki orqa qismiga oʻrnatiladi. Koʻp motorli Sda dvigatellar qanotlardagi motor gondolalariga mahkamlanadi. Gʻildirakli shassi uchish oldidan va qoʻngandan keyin Samolyotning yugurishi uchun xizmat kiladi. Samolyotga havo koʻrsatadigan roʻpara qarshilikni kamaytirish uchun uchish paytida shassi buklanib, gʻildiraklar qanot ichiga tortiladi, qoʻnish paytida yana chiqariladi. Samolyot tezligi unga urnatilgan dvigatelga bogʻliq boʻladi.

Mas, vintmotorli Samolyot —320 km/soatgacha; turbovintli va turboreaktiv Samolyot — 1000 km/soat gacha; tovuщsan tez uchar Samolyot — 2500—ZOOOkm/soat. Jahonda «Boing» (AQSH), YAK, AN, IL, TU (Rossiya), «Karavella» (Fransiya), «Xarriyer» (Angliya) va b. rusumli samolyotlar ishlab chiqariladi.

Samolyotlar Oʻzbekistonda ham ishlab chiqariladi. Toshkent aviatsiya z-di (hoz. «Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasi» davlat aksiyadorlik jamiyati) da IL14 (1940), AN10, AN8, AN12, AN22, «Antey» (1956-y. dan), superlayner IL76 (1973-y. dan) ishlab chiqarilgan; 1992-y. dan IL114 samolyoti ishlab chiqarila boshladi (S. ning tarixi, taraqqiyot bosqichlari va b. maʼlumotlar haqida Aviatsiya maqolasiga q.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x